Farg‘ona viloyatidagi Marg‘inoniy ilmiy markazida Islom huquqi maktabi tashkil etildi, deya xabar bermoqda O‘zA.
Islom huquqi maktabi rahbari T.Erbo‘tayevning so‘zlariga ko‘ra, yangi ish boshlagan mazkur muassasada tinglovchilar uchun barcha sharoit yaratilgan.
Unda, xabar berishlaricha, Farg‘ona viloyatidagi imom-xatiblar, noiblarga Burhoniddin Marg‘inoniy kabi allomalarning asarlari chuqur o‘rgatiladi.
O‘zAning qayd etishicha, Farg‘onada ishga tushgan bu maktab O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan tashkil etilayotgan diniy ta’lim muassasalaridan faqat bittasi.
Farg‘onadagi Islom huquqi maktabidan tashqari, Samarqandda – Imom Buxoriy ilmiy markazida hadisshunoslik, Imom Moturidiy markazi qoshida kalom ilmi, Buxoroda – Bahouddin Naqshband markazida tasavvuf, Qashqadaryoda – Abu Muin Nasafiy markazida aqida ilmi maktablari tashkil etilmoqda.
Izoh (0)