4 yashar qizini haqoratlar bilan kaltaklab, mazkur harakatlarini videoga olgan otaning kasbi va yashash joyi haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi.
“Kun.uz” xabariga ko‘ra, 4 yashar qizini haqoratlab kaltaklagan shaxs Toshkentning shahar Chilonzor tumani 8-mavzeda istiqomat qiluvchi A.X. bo‘lib chiqqan.
Ma’lum bo‘lishicha, u muqaddam ichki ishlar organlarida ishlagan. 2017-yil oktabr oyida esa ishdan ketish haqida raport yozib, ishdan bo‘shagan.
Avvalroq 4 yashar qizini kaltaklab, jarayonni videoga olgan shaxsga nisbatan Chilonzor tuman prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi ochilgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)