13-noyabrning e’tiborga molik yangiliklari — "Daryo"ning kechki dayjestida.
1. Fotogalareya: Eronda yuz bergan vayronkor zilzila oqibatlari. Erondagi zilzila qurbonlari soni 400 kishidan oshdi; O‘zbekiston Prezidenti hamdardlik bildirdi.
2. Chilonzor prokuraturasi 4 yashar qizini kaltaklab, buni videoga olgan otaga nisbatan jinoiy ish ochdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, mushtumzo‘r ota — sobiq militsioner.
3. Tabib damlamasi, kabob yoki dori: Toshkentda ketma-ket vafot etgan uch opa-singilning o‘limi sabablari hozircha noma’lum. Qizaloqlarning to‘ng‘ichi 10, kenjasi esa 4 yoshda bo‘lgan.
4. O‘zbekistonda benzin narxi oshishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Hukumat bu xabarlarni hozircha tasdiqlamadi.
5. “O‘zbekiston temir yo‘llari” metro yo‘l haqining tushirilishi haqida xabarlarni rad etdi. “O‘zbekiston havo yo‘llari” chiptalarini esa Visa kartalari orqali sotib olish mumkin bo‘ldi.
Izoh (0)