Iroqning Vosit viloyatida hukumat armiyasiga tegishli Mi-17 vertolyoti quladi. Buning oqibatida yetti nafar harbiy halok bo‘ldi, deb xabar beradi “RBK”.
Iroq armiyasi matbuot xizmati bayonotiga ko‘ra, halokat mashg‘ulot missiyasi chog‘ida ro‘y berdi. Iraqi News nashrining ma’lum qilishicha, voqea al-Kut aviabazasidan sharqroqda yuz berdi. Halokat sabablari hozircha noma’lum.
Rossiyada ishlab chiqariluvchi Mi-17 vertolyoti Mi-8 harbiy-transport vertolyotining eksport modifikatsiyasidir. Iroqqa bu turdagi vertolyotlarni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma 2007-yili imzolangan edi.
Izoh (0)