AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya samolyotlari Suriyaning Dayr az-Zavr viloyatida, Iroq chegarasiga yaqin Duayji qishlog‘ida bombardimonlar amalga oshirib, tinch fuqarolarning halokatiga sabab bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Bu boradagi ma’lumotni Suriyaning SANA davlat agentligi tarqatdi.
Aytilishicha, aviatsiya Tal al-Shayer kvartaliga hujum qilgan.
Raketalardan biri tez yordam mashinasiga tegdi. Mashina ichida bo‘lganlarning bari halok bo‘ldi.
Suriya ko‘pdan beri AQSh boshchiligidagi koalitsiyani hujumlar chog‘ida tinch fuqarolar o‘limi bilan hisoblashmaslikda ayblab kelmoqda. Shu munosabat bilan Suriya BMT Xavfsizlik Kengashiga murojaat qilib, bir necha marta koalitsiya kuchlarini mamlakatdan olib chiqib ketishni talab qildi.
Izoh (0)