Samarqanddagi MAN Auto-Uzbekistan avtozavodi quvvatlarida yengil avtomobillar ham ishlab chiqarilishi mumkin. Bu haqda “Nuz.uz” xabar bermoqda.
Nashrning avtozavod vakillariga asoslanib yozishicha, “uzoq istiqbolda Volkswagen yo‘lovchi pikaplarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi mumkin”.
Xabarga avtozavodda ayni vaqtda ishlab chiqarilayotgan yuk mashinalari va avtobuslar bilan bir qatorda namoyishga qo‘yilgan Volkswagen’ning surati ilova qilingan.
Izoh (0)