Toshkent shahar Yunusobod tumanida 2017-yilning 22-oktabr kuni, tungi soat taxminan 04:00 da noma’lum shaxs mazkur tuman hududida joylashgan do‘konning kirish eshigini buzib kirgan. Shundan so‘ng noma’lum shaxs do‘kondan fuqaro Qurbonbek Sunnatovga tegishli bo‘lgan 53 767 500 so‘mlik tamaki mahsulotlari, 391 400 so‘m pul hamda Samsung rusumli uyali telefonini o‘g‘irlab ketgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi
Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.
Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida, mazkur jinoyatni Farrux Bositov va Dilshod Rahmonov sodir etganligi aniqlangan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorliklari tekshirilmoqda.
Jabrlanuvchining ismi va familiyasi o‘zgartirilgan.
Izoh (0)