Rossiyaning Ijevsk shahrida to‘qqiz qavatli uy podyezdining qulashi oqibatida 32 kvartira vayron bo‘ldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Uyning qo‘shni podyezdi ham evakuatsiya qilindi.
https://twitter.com/Mikki_Versh/status/928606632703152128
Ayni paytda qutqaruvchilar jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatmoqda va vayronalar ostida qolganlarni qidirmoqda. Ikki jabrlanuvchi shifokorlarga topshirildi.
Hozirda ikki kishi halok bo‘lgani ma’lum. Qurbonlar soni ko‘payishi mumkin.
Uyda jami 550 kishi yashagani aytilmoqda.
Izoh (0)