Braziliyalik futbolchi Dionatan Teysheyra 25 yoshida olamdan o‘tdi. Unga yurak xuruji tashhisi qo‘yildi.
Teysheyra 1992-yil Braziliyada tug‘ilgan bo‘lib, mahalliy “Londrina” klubi orqali katta futbolga kirib kelgan. Bu vaqt davomida u Braziliya U17 termasi sharafini himoya qilgan.
Teysheyra katta futbolni Slovakiyaning “Koshitse” klubida boshladi. Keyinroq bu mamlakatning bir qator klublarida to‘p surib, Slovakiya fuqaroligini oldi va Slovakiya U21 termasi sharafini himoya qildi.
2014-yil Angliyaning “Stok Siti” klubi uni 400 ming funt evaziga qo‘lga kiritgandi. Uch mavsum davomida Dionatan APLda 2 tagina o‘yin o‘tkazdi. Keyin esa “Flitvud Taun”ga o‘tib ketdi.
2017-yil Teysheyra Moldovaning “Sherif” klubi bilan shartnoma imzolagandi. Himoyachi bu borada jamoasining 10 ta o‘yinida ishtirok etib ulgurgandi. Biroq uning organizmi yurak xurujiga dosh bera olmadi.
Futbolchi avval ham yuragi bilan bog‘liq muammolarga duch kelganmidi yoki yo‘q — ma’lum emas.
Izoh (0)