Suriyaning Dayr az-Zor shahrida boshqariluvchi fugasning portlashi oqibatida to‘rt nafar rossiyalik jurnalist va besh nafar harbiy jarohatlandi, deb xabar beradi “Vedomosti”.
Portlash terrorchilar tomonidan amalga oshirildi. Jabrlanuvchilar Latakiya viloyatidagi Rossiyaning “Xmeymim” aviabazasiga olib ketildi.
Shifokorlar ularga zaruriy tibbiy yordam ko‘rsatildi. Hozirda ularning hayotiga hech narsa xavf solmayapti.
“NTV” telekanalidan Ilya Ushenin va Temur Voronov, “Zvezda” telekanalidan Konstantin Xudoleyev va Dmitriy Starodubskiy hamda Rossiya xalqaro minaga qarshi markazining minani kuchsizlantirayotgan besh nafar harbiy xizmatchisi jarohatlangan.
Ikkala telekanal matbuot xizmatlari ham hamkasblariga tezroq sog‘ayib ketishni tilagan.
Izoh (0)