USAID Markaziy Osiyoda raqobatbardoshlik, savdo va ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha loyihasi O‘zbekiston delegatsiyasini mintaqaviy savdo forumidagi munosib ishtiroki uchun maxsus sertifikat bilan taqdirladi. Bu haqda UzDaily xabar berdi.
Olmaotada 18—19-oktabrda bo‘lib o‘tgan 7-Markaziy Osiyo forumida Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Shamil Burnashev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etdi.
Tadbir doirasida tashrif buyuruvchilar O‘zbekistonning turli sohalardagi muvaffaqiyatlari bilan tanishishi mumkin bo‘lgan milliy stend tashkil etildi. Ma’lumotlarga boy va ko‘rkam bezatilgan stend ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Izoh (0)