O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qoshidagi Yadro fizikasi instituti hamda “Rosatom” AJning “TVEL” yoqilg‘i kompaniyasi bilan VVR-SM tadqiqot reaktori uchun yadroviy yoqilg‘i yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi, deb xabar berdi “Review.uz”.
Bitimga O‘zbekiston va Rossiya bosh vazirlari, shuningdek, “Rosatom” davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachyov ishtirokida “TVEL” rahbari Natalya Nikipelova hamda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti Behzod Yo‘ldoshev imzo chekdi.
VVR-SM reaktori yadro fizikasi, radiatsion materialshunoslik, aktivatsion analiz, minerallarni nurlantirish, shuningdek, tibbiyot va sanoat maqsadlarida radioizotoplar ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Imzolangan bitimga ko‘ra, “TVEL” Novosibirsk kimyoviy konsentratlar zavodida ishlab chiqarilgan olti trubali IRT-4M issiqlik ajratuvchilarini yetkazib beradi.
2015-yilga qadar ham qurilma Rossiya tomonidan ishlab chiqarilgan yadroviy yoqilg‘ilar bilan barqaror ta’minlab turilgan. Biroq O‘zbekiston Fanlar akademiyasining qayta tashkil etilgani munosabati bilan vaqtinchalik to‘xtatilgan edi.
Izoh (0)