Toshkent shahri Shayxontohur tumanida giyohvandlik vositalarini ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotishda gumonlanib, 2002-yildan buyon qidiruvda bo‘lgan ayol qo‘lga olindi, deb xabar berdi Toshket shahar IIBB matbuot xizmati.
2017-yilning 30-oktabr kuni Shayxontohur tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismida ko‘rsatilgan (giyohvandlik vositalarini ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish) jinoyatini sodir etganligi uchun 2002-yil 1-iyun kuni Shayxontohur tuman IIB Tergov bo‘limi tomonidan qidiruv e’lon qilingan Dilorom Usmonova qo‘lga olingan.
Hozirda uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Izoh (0)