Rossiyaning Caviar brendi iPhone X’ning yangi korpusini namoyish qildi, u qurilmaga orqa panelga o‘rnatilgan maxsus fotosezuvchan plastina yordamida yorug‘likdan quvvat olish imkonini beradi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”.
iPhone X uchun bunday foydali funksiya ishlab chiquvchilari Nikola Tesla, Stiv Jobs va Ilon Maskdan ilhom olganligini aytmoqda.
Smartfon qora korpusli bo‘lib, zarbaga chidamli plastina, bezak elementi va tillarangga bo‘yalgan romga ega. Shisha korpusni titanlisiga almashtirish orqali Caviar qurilmani shikastlanishlardan ishonchli himoya bilan ta’minladi.
O‘z-o‘zini quvvatlantiruvchi Caviar qurilmasi qachon sotuvga chiqarilishi haqida alohida e’lon qilinadi. Caviar iPhone X’ning narxi 259 ming rublga teng bo‘ladi.
Izoh (0)