Sony kompaniyasi elektron o‘yinchoqlarning yangi avlodi — Aibo robot itini taqdim etdi. Qurilma sun’iy intellekt boshqaruvida ishlaydi va yirik OLED ko‘zlar bilan jihozlangan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Xabar berilishicha, qurilma barcha ma’lumotlarni “bulut”da saqlaydi. Yangi avloddagi Aibo’da bo‘g‘inlar harakatchanligi ancha yaxshilangan.
Bulut xizmatiga bog‘lanish orqali robotni Wi-Fi yordamida boshqarish mumkin.
Izoh (0)