Ispaniyaning Iberia aviakompaniyasi 23-oktabr kuni Madriddan La-Korunyaga amalga oshirilgan IB514 reysining barcha yo‘lovchilariga Samsung Galaxy Note 8 smartfonlarini sovg‘a qildi, deb yozadi “Mobinfo.uz”.
Samsung Ispaniyada yangi telefonining reklama kampaniyasini shu tariqa yakunlashga qaror qildi. Ma’lum bo‘lishicha, aynan Ispaniya aviakompaniyasi zaryad olish chog‘ida yonib ketish holatlaridan so‘ng, Galaxy Note 7 ni bortga olib chiqishga birinchilardan bo‘lib taqiq qo‘ygan.
Avvalroq Galaxy Note 7 smartfonlarida akkumulyator beqaror ishlagani sababli, aviayo‘lovchilar orasida Samsung kompaniyasi reytingi keskin tushib ketgan edi. Oxir-oqibat, ko‘plab aviakompaniyalar salonga Samsung Galaxy Note 7 smartfonini olib kirishni taqiqlab qo‘ydi.
Izoh (0)