1-noyabrdan yangi Ipak yo‘li doirasida Ukraina orqali o‘tadigan tranzit marshrut bo‘yicha 1319—1320-poyezdlar uchun temiryo‘l yotqizildi. Bu haqda Ukraina infratuzilma vaziri Vladimir Omelyanning so‘zlariga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
“Poyezdlar universal konteynerlar ostidagi 57 ta platformadan iborat bo‘ladi. Xitoy tomoni poyezdlar Chjenchjoudan Ukraina hududi orqali o‘tib, Slovakiya, Polsha va Vengriyaga yo‘l olishini tasdiqladi”, — deydi u.
Omelyanning so‘zlariga ko‘ra, vazirlik poyezdlarni yuk bilan to‘ldirish uchun Ukraina davlat zaxiralari bilan faol ish olib bormoqda. Shuningdek, Ukraina mahsulotlarini Xitoyga eksport qilish jarayonini tezlashtirishga urinmoqda.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Yevroittifoq mamlakatlari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarning kengayishi, port tariflari va yig‘imlarining arzonlashishi va yana bir qancha omillar Ukrainani dunyoning yetakchi tranzit-mamlakatlari safiga qo‘shadi.
Izoh (0)