Ukraina BMT Bosh Assambleyasi Uchinchi qo‘mitasi kotibiyatiga Qrimda inson huquqlari bo‘yicha rezolyutsiyaning yangilangan loyihasini kiritdi, deb yozadi “Ukrinform” Ukrainaning jahon tashkilotidagi doimiy vakolatxonasi matbuot kotibi Oleg Nikolenkoga tayanib.
Uning aytishicha, rezolyutsiya Moskvaga qaratilgan “Qrim-tatar xalqi majlisi” tashkilotidan taqiqni olib tashlash hamda yarim orolda ukrain va qrim tillaridagi ta’limni ta’minlash talablarini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, hujjatda “xalqaro tashkilotlarning bosib olingan Qrimga kirish zaruriyati” ta’kidlanadi.
“Hujjatga 34 ta mamlakat hammualliflik qildi”, — dedi Nikolenko.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Uchinchi qo‘mitada rezolyutsiya bo‘yicha ovoz berish noyabr o‘rtasiga rejalashtirilgan. Dekabrda hujjat Bosh Assambleyada umumiy ovoz berishga qo‘yiladi.
Izoh (0)