Iordaniyada kuchli qurg‘oqchilik tufayli suv yetishmaslik muammosi yuzaga keldi, deb xabar beradi “Argumenti i fakti”.
Mamlakat suv omborlaridagi zaxira suvlar tugab bormoqda. Bugun ularning faqatgina beshinchi qismi suv bilan to‘ldirilgan. Shuningdek, mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, Iordan daryosining irmog‘i Yarmuk ham sayozlashgan.
Iordaniya suv zaxiralari vazirligi xodimi Ali Subax mamlakat muammoni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rishi zarurligini, aks holda kelgusida vaziyat og‘irlashishini ta’kidlagan.
Iordaniyada so‘nggi yillarda iqlim keskin o‘zgarib, quruq va issiq bo‘lib qoldi. Taxminlarga ko‘ra, 2100-yilga kelib mamlakatda yog‘ingarchiliklar uch martaga kamayadi.
Izoh (0)