Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘zining Telegram’dagi kanalida chechenistonlik Amina Okuyevaning Kiyevda o‘ldirilishiga izoh berdi, deb xabar qilmoqda “Gazeta.ru”.
“Ayiq qarshingda turganida uning izini qidirish kerak emas. Kiyevdagilar Nikiforovani o‘zining maxsus xizmatidagilar shafqatsizlarcha otib tashlaganini yaxshi bilishadi. Taras Bulbadan iqtibos keltirib aytganda, kim dunyoga keltirgan bo‘lsa, uning o‘zi o‘ldirdi”, — deb yozadi Qodirov.
Shuningdek, u qotillik versiyalarini, jumladan, unga Rossiya maxsus xizmatlarining aloqasi borligini keskin tanqid qildi va “ukrain maxsus xizmatlarining quloqlari shu qadar uzunki ularni Natalya—Aminaning hech qanday ro‘moli bilan berkitib bo‘lmaydi”, deya ta’kidladi.
Izoh (0)