O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-oktabrdagi PQ-3354-sonli qarori bilan Xurshid Mirzohidov Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi raisining avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — “O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish” unitar korxonasi direktori etib tayinlandi. Bu haqda Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Xurshid Mirzohidov 2016-yilning fevral oyidan 2017-yilning martiga qadar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi lavozimida ishlagan. Unga qadar esa O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga rahbarlik qilgan.
Eslatib o‘tamiz, “O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish” unitar korxonasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yilning 11-sentabrdagi “Avtomobil yo‘llaridagi ko‘kalamzorlashtirish va me’moriy-landshaft qurilmalari tizimlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan tashkil etilgan bo‘lib, “Avtoyo‘lko‘kalamzorlashtirish” korxonasi negizida tashkil etilgan edi.
Izoh (0)