• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12589.35
    • RUB157.64
    • EUR14656.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Boy va kambag‘al odamlar dunyoga qanday qaraydi: 8 ta farq

    Millionerlarni boshqalardan nafaqat bank hisoblaridagi yirik summalar, balki butunlay o‘ziga xos dunyoqarash ham ajratib turadi, deb yozadi InsiderPro.

    Millioner Stiv Sibold 26 yil davomida badavlat kishilarning odatlari va xulq-atvori haqida ma’lumotlar to‘pladi. Bu vaqt davomida u ko‘plab multimillionerlar va milliarderlar bilan uchrashib, suhbatlashdi. O‘z xulosalarini “Boylar qanday fikrlaydi?” kitobida bayon qildi.

    Sibold aniqlagan eng muhim narsa —  boylik siri pul topish mexanizmida emas, badavlat kishilarni boshqalardan ajratib turuvchi fikrlash tarzida. Quyida asosiy sakkizta farq bilan tanishishingiz mumkin.

    Foto: InsiderPro

    Foto: InsiderPro
    1. Boylar pullar ularning huquqi deb hisoblaydi
    Boshqalar esa boylik bu imtiyoz deb hisoblaydi.

    Sibold shunday yozadi: “Dunyo miqyosida fikrlovchilar kapitalistik mamlakatlarda jamiyatga katta foyda keltirayotgan bo‘lsa, badavlat bo‘lish huquqiga ega ekanligini biladi”.

    Oddiy odamlar faqat omadli kishilar boy bo‘lishi mumkin deb hisoblaydi. Fikrlashdagi bu farq ularni lotereya o‘ynashga majbur qiladi, istiqbolli boylarni esa — ishlashga.

    1. Boylar shaxsiy biznes — boylik to‘plashning eng tezkor usuli ekanligini biladi
    Boshqalar esa shaxsiy kompaniyani tashkil etish xavfli mashg‘ulot ekanligiga ishonadi.

    “Haqiqat shundaki, doimiy ish shaxsiy biznesdan xavfsizroq emas. Birinchi qarashda bu mantiqqa ziddek tuyulsa-da, o‘ziga ishlovchi odamlar qo‘shimcha mablag‘ manbalarini qidirish va daromadini o‘z xohishiga ko‘ra oshirish imkoniyatiga ega”, — deb yozadi Sibold.

    Albatta, o‘z ishini yo‘lga qo‘yish ma’lum bir xavflar bilan bog‘liq, biroq millionerlar bu xavf o‘z salohiyatini namoyon etishdan xavfliroq ekanligini biladi.

    “Ko‘pchilik kishilar uncha katta bo‘lmagan maosh to‘lanadigan ishda qolib, doimiy muhtojlikdagi hayotini kafolatlaydi”, — qo‘shimcha qiladi Sibold.

    1. Badavlat kishilar topqirlik muvaffaqiyat kaliti ekanligini tushunadi
    Boshqalar esa boylik to‘plash uchun ko‘p o‘qish kerakligiga ishonadi.

    Sibold shunday yozadi: “Maktabdagi besh baholar boylik kaliti bo‘lganda edi, kollejni a’loga tamomlagan har bir bitiruvchi millionerga aylanardi. Biroq boylik ma’lumotlarni eslab qolish va imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirish qobiliyatiga emas, sog‘lom fikrlashga bog‘liq”.

    Ziyraklikni qanday shakllantirish mumkin? Badavlat insonlar qanday fikrlashi va pullarni qanday ishlatishini bilishga harakat qiling.

    1. Boylar jamoa bo‘lib ishlashga ishonadi
    Qolgan odamlar esa boylik to‘plash — individual jarayon ekanligiga ishonadi.

    “Millionerlar hayotda ishonchli jamoa zarurligini yaxshi biladi va g‘oya va rejalarini hayotga tatbiq etishga yordam berishga qodir iqtidorli kishilarni qidirishga asosiy e’tiborini qaratadi. Buyuk imkoniyatlar kishilarning birgalikdagi aqliy va jismoniy harakatlari tufayli yaratiladi”, — deb yozadi Sibold.

    Foto: InsiderPro

    Foto: InsiderPro
    1. Boylar pul topish juda oson ekanligini biladi
    Boshqalar esa har bir so‘mni topish uchun mehnat qilish kerakligiga ishonchi komil.

    “Odamlar doim badavlat insonlar aqlliroq, yaxshiroq ta’lim olgan va omadliroq deb hisoblaydi. Bu albatta yanglish fikr”, — deb yozadi Sibold.

    Boylar pullar g‘oyalar va muammolar yechimidan kelishini tushunadi. Yechim qanchalik muvaffaqiyatli bo‘lsa, mukofot ham shunchalik yuqori bo‘ladi. Millionerlarning o‘ziga xos hech qanday siri yo‘q. Odamlarning ko‘pchiligiga ularni cheklovchi maslaklari xalaqit beradi.

    1. Badavlat kishilar boyib ketish uchun o‘ylash kerakligini tushunadi
    Boshqalar esa pullar og‘ir, zerikarli mehnat ortidan kelishiga ishonadi.

    Sibold o‘rta sinf daromadni oshirishning yagona yo‘li ko‘proq ishlash degan fikrda ekanligini tushuntiradi. U shunday yozadi: “Dunyoda ijodiy fikrlash eng ko‘p qadrlanadi. Ko‘proq pul topish uchun aqlingizni murakkab muammolar yechimini izlashga charxlang”.

    Foto: InsiderPro

    Foto: InsiderPro
    1. Boylar pullar — bu erkinlik deb hisoblaydi
    Qolganlar esa pullar — cheklov ekanligiga ishonadi.

    “Badavlat kishilar pullarga ular va oila a’zolarining imkoniyatlari chegarasini kengaytiruvchi yaratuvchi vosita sifatida qaraydi”, — deb hisoblaydi Sibold.

    Ulardan farqli ravishda oddiy odamlar pullarni “zulm vositasi” deb hisoblaydi. Boylar uchun pullar cheksiz imkoniyatlar ochuvchi resurs. Kambag‘allar esa ularning muhimligini rad etadi. Bunday munosabat bilan ularning kambag‘al ekanligi hayratlanarli emas.

    1. Badavlat insonlar o‘zini ifodalash uchun ishlaydi
    Qolganlar esa pul uchun ishlaydi.

    Sibold shunday deydi: “Millionerlar faqat pul uchun ishlash — boylik yaratish yo‘lidagi eng yomon strategiya ekanligini yaxshi biladi”.

    U eng yuqori maoshli ish emas, ijodiy imkoniyatlari katta bo‘lgan mashg‘ulot qidirishni tavsiya qiladi. Bunday mashg‘ulotni topganingizda o‘z sohangizning eng yaxshi mutaxassisi bo‘lish uchun chin dildan kirishing. Buning evaziga noodatiy boylik bilan mukofotlanasiz.

    31.10.2017, 15:52   Izoh (0)   65164
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev — soliqchilarga: “O‘g‘ri bo‘l, insofli bo‘l” (video)

    31.10.2017, 15:43

    Sudya Matjonov Islombek To‘laganov nega olti yilga ozodlikdan mahrum etilganini tushuntirdi (video)

    31.10.2017, 14:38

    O‘zMTRK sobiq raisi “O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish” UK direktori etib tayinlandi

    31.10.2017, 13:58

    O‘zbekiston va Afg‘oniston hamkorlikda bir nechta hujjat imzolashni rejalashtirmoqda

    31.10.2017, 13:04

    Namangan shahri chorrahalaridagi kameralar 1-noyabrdan qoidabuzarliklarni qayd etishni boshlaydi

    31.10.2017, 12:01

    Sankt-Peterburgning madaniy-ishbilarmonlik missiyasi O‘zbekistonga tashrif buyuradi

    31.10.2017, 11:51
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Krishtianu Ronaldu farzandlarining onasi Jorjina Rodrigesga turmush qurish taklifini berdi (foto)

    Sport | 12 avgust, 14:25

    Norvegiya Isroilga kiritgan investitsiyalarini qaytarib oladi

    Dunyo | 12 avgust, 14:10

    UFC jangchisi Maykl Peyj Drikus va Chimayev o‘rtasidagi bahsning favoriti kim ekanini aytdi

    Sport | 12 avgust, 13:57

    O‘zbekistonda sun’iy intellektdan foydalangan holda shaxsga doir ma’lumotlar tarqatilishi oldi olinadi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 13:45

    Eronda ayol 11 nafar erini o‘ldirganlikda ayblandi

    Dunyo | 12 avgust, 13:19

    Zelenskiy Rossiya armiyasi nazoratidagi hududlardan voz kechishga tayyor — The Telegraph

    Dunyo | 12 avgust, 12:59

    Himolay tog‘larining 97 ta cho‘qqisiga chiqish bepul bo‘ladi

    Dunyo | 12 avgust, 12:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.