Qozog‘istonning Atirau viloyatida 29-oktabr, yakshanba kuni kechqurun yuz bergan yo‘l-transport hodisasida 56 yoshli O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi, deb xabar beradi “Kazinform”.
“Atirau—Dossor trassasida oqibati o‘lim bilan yakunlangan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. ‘GAZel’ni boshqarib ketayotgan 70 yoshli haydovchi piyodani urib yuborgan”, — deyiladi xabarda.
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)