Germaniyaning Deutsche Bahn temir yo‘l kompaniyasi o‘zining haydovchisiz mikroavtobusini ishga tushirdi. Elektr shattl Bavariyaning Bad-Birnbax shahrida, vokzal, shahar markazi va mineral suv manbalari o‘rtasida harakatlanadi, deya xabar beradi “Kommersant”.
Mikroavtobusning mazkur yo‘nalishda harakatlanish vaqti 8 daqiqa, tezligi soatiga 15 kilometrni tashkil etadi. Fransiyaning Ligier kompaniyasi tomonidan yaratilgan EZ10 rusumidagi mikroavtobus 6 ta o‘rindiq bilan jihozlangan, yana shuncha kishi tik turib ketishi mumkin.
EZ10 jamoat transporti tizimiga kiritilgan va oddiy yo‘llarda harakatlanadigan Germaniyadagi birinchi haydovchisiz avtobus bo‘ladi. U oldindan dasturlashtirilgan yo‘nalishda harakatlanadi, yo‘llarda to‘siqlarni aniqlaydigan va zarur bo‘lsa to‘xtaydigan sensorlar bilan jihozlangan.
Izoh (0)