Yaponiyaning Nissan avtomobil kompaniyasi Tokiodagi xalqaro avtosalonda elektromobillar uchun maxsus ishlab chiqarilgan Canto ovozli tizimini namoyish etdi. Videotaqdimot markaning YouTube’dagi rasmiy kanaliga joylashtirildi.
Soatiga 20 kilometrdan tezroq harakatlanganida Canto (lotinchada “men kuylayman”) piyodalarni transport vositasi kelayotgani haqida ogohlantiruvchi musiqiy ovoz chiqara boshlaydi. Tezlik oshgan sari ovoz ham ko‘ratiladi.
Elektr dvigatel deyarli shovqinsiz ishlagani sabab yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilariga xavf tug‘dirishi mumkin. Nissan’ning muhandislari Canto tizimi orqali ushbu muammoni hal qilish niyatida.
Izoh (0)