Mogadishodagi 27 kishining umriga zomin bo‘lgan teraktlardan so‘ng Somali politsiyasi va razvedkasi rahbarlari lavozimidan mahrum bo‘ldi. Bu haqda mamlakat axborot vaziri Abdurahmon Umar Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Hukumat a’zolari ikki mansabdor: politsiya boshlig‘i va milliy razvedka agentligi rahbari ishdan bo‘shatilishi uchun ovoz berdi”, — deya yozuv qoldirdi vazir.
28-oktabr, shanba kuni portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan avtomobil poytaxt Mogadisho markazidagi mehmonxona yaqinida, prezident saroyidan 600 metr narida portlatildi. Shundan so‘ng jangarilar mehmonxona binosiga bostirib kirib, o‘t ochdi. Bir necha daqiqadan so‘ng so‘ng sobiq parlament binosi oldida portlash sodir bo‘ldi.
Hujum uchun javobgarlikni “Ash-Shabob” guruhi o‘z zimmasiga oldi.
Izoh (0)