2017-yilda dunyoda eng keng tarqalgan ism Sofiya bo‘ldi. Bu haqda “MK.ru” xabar bermoqda.
48 ta mamlakatlardagi statistikani tahlil qilish shunday xulosaga kelishga sabab bo‘ldi.
Ma’lum bo‘lishicha, 2017-yilda Meksika, Chili, Argentina, Rossiya, Italiya, Shveysariya, Slovakiya va Estoniyada tug‘ilgan qizaloqlarga eng ko‘p Sofiya deb ism qo‘yilgan.
Xabarda qayd etilishicha, bundan bir necha yil ilgari River (Daryo) va Apple (Olma) kabi noodatiy ismlar keng tarqalgan edi.
Izoh (0)