Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.
Mazkur memorandum doirasida yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish, o‘z bizneslarini tashkil etishlariga ko‘maklashish, hamda yoshlar tadbirkorligi rivojlanishini yanada rag‘batlantirish va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash maqsadida yoshlarga bank talablari asosida imtiyozli kreditlar ajratish ko‘zda tutilgan.
Joriy yilning 27-oktabr kuni O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markazida dastlabki 11 ta yosh tadbirkorlarga imtiyozli kredit ajratish bo‘yicha sertifikatlar topshirish marosimi tantanali ravishda bo‘lib o‘tdi.
Reklama huquqlari asosida.
Izoh (0)