Ispaniya federal hukumati tomonidan mansabidan chetlashtirilgan Kataloniya jeneralitati (mahalliy hukumati) a’zolari 30-oktabr kuni ishga chiqdi va buni tasdiqlovchi suratlarni internetga joylashtirdi, deb xabar beradi “Interfaks”.
Jumladan, hudud va barqaror rivojlanish vaziri Jozep Ruy Twitter’da joylashtirgan suratda u o‘z ish joyida ekani aks etgan. Keyinroq u idorani tark etdi, bunda Kataloniya Yevropa demokratik partiyasi qo‘mitasi uchrashuviga yo‘l olganini ma’lum qildi.
Jeneralitatning sobiq rahbari Karles Puchdemon esa Instagram’da Jeneralitat saroyi fotosuratini joylashtirib, uning ostiga “Xayrli kun” deb yozib qo‘ydi.
Muqaddam rasmiy Madrid muxtoriyat rahbarlarini lavozimlaridan chetlashtirib, mintaqada to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqaruv joriy etgan edi. Bu holat dekabrda o‘tadigan navbatdan tashqari saylovga qadar davom etishi rejalashtirilgan edi.
Izoh (0)