Shveysariyaning Jaquet Droz soat manufakturasi daqiqali repetir hamda Tropical Bird Repeater avtomatonli soatning yangi modelini taqdim etdi. Bu haqda Jaquet Droz kompaniyasining saytida xabar berildi.
Soat siferblati marvariddan tayyorlangan. Soatda avtomaton-qushlar (kolibri va tovus), shuningdek, ularni o‘rab turuvchi qoplon, sharshara va jungli o‘rmoni tasvirlangan. Soat yaratuvchilarining aytishicha, ular Gogenning rasmlaridagi muhit va yorug‘lik gammasini aks ettirishga harakat qilgan. Soat korpusidagi maxsus tugma bosilganida avtomatonlar harakatga keladi: kolibri qanot qoqadi, tovus esa dumini yoyadi.
Soatlar qo‘lda buraladigan RMA89 kalibrli manufaktura mexanizmi bilan jihozlangan. U pushtirang oltindan ishlangan 47 millimetrli korpusga joylangan. Soatlar sakkizta nusxada ishlab chiqarildi.
Jaquet Droz manufakturasiga soatsoz Pyer Jak Dro tomonidan Shveysariyaning La Sho-de-Fon shaharchasida asos solingan. 1758-yilda u o‘zining soatlarini Ispaniyada, so‘ng Britaniya va Xitoyda namoyish etib, mashhurlikka erishgan.
Izoh (0)