O‘zbekistonda Xitoyning Xiaomi kompaniyasining eng baquvvat flagman qurilmasi — Mi6 sotila boshladi, deb yozadi “Mobinfo.uz”. Boy ichki xususiyatlaridan tashqari, smartfon keramik korpusi va qo‘sh kamerasi bilan maqtana oladi.
Smartfon sakkiz yadroli Qualcomm Snapdragon 835 protsessori, 6 Gb tezkor xotira, 5,15 dyuymli va 1920×1080 pikselli Full HD ekran, har biri 12 megapikselli qo‘sh kamera, 8 megapikselli old kamera, stereodinamiklar, 3350 mA/soat sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan. U ikkita sim-karta va 4G LTE tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi.
Qurilma MIUI 8 qobiqli Android 7.1.1 Nougat operatsion tizimida ishlaydi.
O‘zbekiston bozorida Mi6 ning 64 Gb doimiy xotirali versiyasi 3 586 000, 128 Gb versiyasi esa — 3 667 500 so‘mdan sotilmoqda.
Ushbu qurilmani ko‘rsatilgan narxda sotib olishga “Daryo” nashri kafolat bermaydi. Qurilma va uning narxi haqidagi axborot faqat tanishish uchun taqdim etilgan.
Izoh (0)