Belgiya bosh vaziri Sharl Mishel Kataloniyaning sobiq rahbari Karles Puchdemonga boshpana taqdim etilishi mavzusi muhokama qilinmayotganini ma’lum qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Mishel shuningdek, Puchdemon mamlakatdan boshpana so‘rashi mumkinligini taxmin qilgan migratsiya va boshpana taqdim etish masalalari bo‘yicha Belgiya davlat kotibi Teo Frankenni “yog‘ga o‘t qalamaslikka” chorladi.
Belgiyalik amaldorning Puchdemon ustidan sud qarori nohaq chiqarilganligi haqidagi so‘zlari ispaniyalik deputat Esteban Gonsales Ponsning noroziligiga sabab bo‘ldi.
Puchdemon avvalroq, rasmiy Madrid tomonidan iste’foga chiqarilgan edi.
Izoh (0)