Ispaniya rasmiylari Kataloniya hukumatining sobiq rahbari Karles Puchdemonning hududiy saylovlarda ishtirok etishiga qarshi emas. Bu haqda Ispaniya hukumati vakili Inigo Mendes de Vigo ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
U Puchdemon o‘z siyosatini davom ettirishni istasa, bu uning huquqi ekanligi va u bo‘lajak saylovlarga tayyorgarlik ko‘rishi lozimligini ma’lum qildi.
“Puchdemon mazkur saylovlarda ishtirok etsa, demokratik qarama-qarshilikni amalga oshira olishiga ishonchim komil”, — dedi de Vigo.
U Puchdemon o‘zining iste’fosi to‘g‘risidagi farmonni e’tiborsiz qoldirsa, Madrid bunga aql va sog‘lom idrok bilan munosabat bildirishini qo‘shimcha qildi.
Izoh (0)