Germaniyada energiya ishlab chiqaruvchilari elektr toki iste’molchilariga pul to‘laydigan bo‘ldi. Bu bilan ular energiya ishlab chiqarish va uning iste’moli o‘rtasidagi muvozanatni saqlamoqchi, deb xabar beradi TJournal.
Bloomberg agentligiga ko‘ra, 29-oktabrga kelib yangilanuvchi energiya manbalaridan elektr toki ishlab chiqarilishi rekord darajaga yetadi, buning natijasida elektr quvvatining narxlari noldan pastga tushib ketadi. Yil davomida birinchi marta narx minusga qarab ketadi. Bu degani, ishlab chiqaruvchilar yo stansiyalarni yopishi, yo iste’molchilarga pul to‘lashi kerak.
Prognozlarga ko‘ra, 29-oktabr soat 7:00 da shamol tezligi 39,190 megavatt energiya ishlab chiqarish imkoniyatini beradi. Bu 40 yadroviy reaktorlar quvvatiga teng bo‘lib, Germaniyaning yarmini elektr quvvati bilan ta’minlaydi.
2016-yil mayida Germaniyada iste’molchilar elektr quvvati ishlatgani uchun pul olgandi. Ammo unda bu jarayon bir necha soat davom etgan edi.
Izoh (0)