Toshkent viloyati hududida 19-oktabrdan 26-oktabr kuniga qadar ilgari sodir etilib, ochilmagan jami 10 ta, jumladan bitta badanga shikast yetkazish, to‘qqizta o‘g‘rilik jinoyatlari fosh etildi. Bu haqda “Telegraf.uz” xabar bermoqda.
Hafta davomida qidiruvda yurgan 15 nafar shaxs ushlandi.
Jumladan, Zangiota tumanida joriy yilning 22-oktabr kuni 1983-yilda tug‘ilgan Rafael Golubev (keltirilgan ism-familiyalar o‘zgartirilgan) uyida tanishi, 1981-yilda tug‘ilgan Nikolay Petrov bilan o‘zaro kelishmovchilik tufayli janjallashib qolib, janjal vaqtida Nikolay Petrovning qorniga pichoq bilan urib tan jarohati yetkazgan.
Ushbu holat yuzasidan Rafael Golubevga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)