Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda 2017-yilning noyabr oyi boshida O‘zbekistonga tashrif buyuradi, deb xabar berdi UzDaily.
Tojikiston hukumatining rahbari O‘zbekiston rahbariyati bilan bir qator ikki tomonlama uchrashuvlarni amalga oshiradi.
Qohir Rasulzoda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda bosh vazir Abdulla Aripov qabulida bo‘lishi kutilmoqda.
Tojikiston bosh vaziri 2017-yilning 3-noyabrida MDH hukumatlari rahbarlari kengashining Toshkentda bo‘lib o‘tadigan majlisida ishtirok etadi.
Izoh (0)