O‘zbekiston yalpi ichki mahsulot hajmi 2017-yilning yanvar—sentabr oylari davomida 2016-yilning shu davriga nisbatan 5,3 foizga o‘sdi — 170,07 trillion so‘mgacha, deb xabar berdi UzDaily.
Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2017-yilning yanvar—sentabr oylaridagi sanoat mahsulotlari hajmi 99,06 trillion so‘mni tashkil etgan, bu 2016-yilning shu davriga nisbatan 5,6 foizga ko‘p demakdir.
Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulotlarining o‘sish hajmi 3,5 foizni tashkil etdi — 49,19 trillion so‘mgacha.
Shuningdek, ushbu davr ichida qurilish ishlari hajmida 5,3 foizga (25,17 trillion so‘m), yuk aylanmasi 2,8 foizga (65,6 milliard tonna-kilometr), yo‘lovchi aylanmasi 4,9 foizga (83,3 milliard so‘m) o‘sish kuzatildi.
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 16,6 foziga o‘sdi, bu 19,95 milliard dollar demakdir. Eksport hajmidagi o‘sish 25,65 foizni (10,36 milliard dollargacha), import hajmidagi o‘sish 8,3 foizni (9,59 milliard dollargacha), tashqi savdo saldosi esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 770,6 million dollarni tashkil etdi.
Izoh (0)