Gruziyalik va ukrainalik muxolif siyosatchi Mixail Saakashvili Kiyev rasmiylaridan qaytadan siyosiy boshpana so‘radi. Uning birinchi so‘roviga rad javobi berilgan edi, deb xabar qiladi “Korrespondent.net”.
Siyosatchining advokati Markian Galabala bu safar Saakashvilining shaxsan o‘zi tegishli hujjatlarni topshirganini ta’kidlab o‘tdi.
Muqaddam Ukraina prokuraturasi migratsiya xizmati Saakashviliga qo‘shimcha himoyaga muhtoj shaxs maqomini (siyosiy boshpana) berishdan bosh tortganini tasdiqlagan edi.
Izoh (0)