Xiaomi kompaniyasi O‘zbekistonda o‘zining yangi Mi A1 smartfonini sotishni boshladi, deb yozadi “Mobinfo.uz”. U Xitoy kompaniyasining qo‘sh kamerali ilk smartfonlaridan biridir.
Qurilma 5,5 dyuymli va 1920×1080 pikselli IPS-ekran, 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 625 protsessori, 4 Gb tezkor va 64 Gb doimiy xotira, har biri 12 megapikselli qo‘sh kamera, 5 megapikselli old kamera, 3080 mA/soat sig‘imli akkumulyatorga ega.
Xiaomi Mi A1 Android 7.1.2 Nougat operatsion tizimida ishlaydi.
Qurilma Toshkentdagi “Malika” texnobozorida qariyb 2 million so‘mga sotilmoqda.
Izoh (0)