Saudiya Arabistoni taxti vorisi shahzoda Muhammad bin Salmon Al Arabiya telekanaliga bergan intervyusida Qizil dengiz bo‘yicha innovatsion shahar qurilishini ma’lum qildi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Ushbu shaharga 500 milliard dollar miqdorida investitsiya yo‘naltirilishi rejalashtirilmoqda. Ta’kidlanishicha, shaharda odamlardan ko‘ra robotlar ko‘proq bo‘ladi.
Yangi shaharning nomi NEOM bo‘ladi.
Loyihani hukumat, qirollikning Public Investment Fund (PIF) suveren investitsion fondi, shuningdek, qator mahalliy va chet ellik investorlar moliyalashtiradi.
“NEOM noldan, yangi yerda quriladi, bu yuz yillar davomida qurilganlaridan farq qiladigan shahar qurishning noyob imkoniyatidir”, — dedi shahzoda.
Shahar qurilishiga Siemens va Alcoa kompaniyalaraning sobiq rahbari Klaus Klyaynfeld boshchilik qiladi.
Izoh (0)