Dubay shahridagi oltita politsiya stansiyalari oldiga “aqlli” o‘rindiqlar o‘rnatildi. Bu haqda UAE Inside xabar bermoqda.
Endilikda politsiya stansiyasiga tashrif buyuruvchilar va o‘tkinchilar mazkur o‘rindiqlar yordamida o‘z mobil aloqa vositalarini quvvatlantirishi hamda yuqori tezlikdagi bepul internetdan foydalanishi mumkin.
Ma’lumotlarga ko‘ra, kelgusida bunday “aqlli” o‘rindiqlar shahardagi boshqa politsiya stansiyalari oldiga ham o‘rnatiladi.
O‘rindiqlarning o‘ziga xosligi shundaki, ular tashqi ta’sirga chidamli materialdan ishlangan. Ular quyosh energiyasidan quvvat oladi, hech qanday kabel va simlar talab etilmaydi.
Izoh (0)