Iroqda, Kirkuk shahridan shimoli-g‘arbda kurd qurolli militsiyasi — “Peshmerga” otryadlari va hukumat qo‘shinlari o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi. Bu haqda, kurdlarning Rudaw telekanaliga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Aytilishicha, shia ko‘ngillilarining “Hashd ash-Sha’biy” tuzilmasi otryadlari yaqin atrofdagi aholi yashash punktlaridan biriga kirishga uringanida to‘qnashuv yuz bergan. Rudaw agentligiga ko‘ra, “Peshmerga” shialarning hujumini qaytarishga muvaffaq bo‘lgan.
“Peshmerga” komandiri shia ko‘ngillilari AQSh qurollariga ega ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Hukumat armiyasi rasmiylari bu borada biror izoh bermadi.
Izoh (0)