Niagara sharsharasi yaqinida o‘n yoshli bola 30 metr balandlikdan yiqilib tushdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Niagara sharsharasiga yaqin Kanadaning Ontario provinsiyasi hududidagi tumanda baxtsiz hodisa sodir bo‘ldi.
“Ona 10 yoshli o‘g‘lini suratga tushirayotgan edi. Bola muvozanatni yo‘qotib, 30 metr balandlikdan yiqilib tushdi”, — deyiladi xabarda.
Qutqaruvchilar zudlik bilan bolani izlashga tushdi. Bola ko‘p sonli tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Ayni vaqtda uning ahvoli yaxshiligi aytilmoqda.
Izoh (0)