Hindistonlik qiz o‘zi sevgan yigitga turmushga chiqish uchun jon-jahdi bilan buyragini sotishga urindi, deb yozadi UAE Inside.
Qizning ota-onasi ularning to‘yiga boshidan qarshi bo‘lgan, shu tufayli qiz uyidan qochib, sevgilisining yoniga borgan. Ammo yigit unga yordam berish o‘rniga, unga uylanish uchun katta miqdorda pul talab qilgan.
Shunda qiz Dehlidagi kasalxonaga kelib, pul evaziga buyragini olishlarini so‘ragan. Shifokorlar u organlar savdosi bo‘yicha noqonuniy biznesga aloqador, deb gumon qilib, politsiyani xabardor qilgan.
Bor gapdan xabar topgan politsiya yigitga nisbatan tovlamachilik bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atishni taklif qilgan, biroq qiz bundan bosh tortgan va ota-onasining uyiga qaytib ketgan.
Izoh (0)