Rossiya AQSh qimmatli qog‘ozlariga kiritgan investitsiyalar avgustda o‘tgan oydagi ko‘rsatkichlarga nisbatan 2,3 milliard dollarga o‘sdi, deb yozadi “RIA Novosti” AQSh moliya vazirligi ma’lumotlariga tayanib.
Rossiya AQSh qimmatli qog‘ozlariga kiritgan mablag‘larning umumiy hajmi 105,4 milliard dollarni tashkil qildi. 2016-yil avgustidagi ko‘rsatkichlar bilan solishtirganda, u 17,9 milliard dollarga ko‘paydi.
AQShning chet ellik kreditorlari ro‘yxatida Rossiya 14-o‘rinni egallaydi. Birinchi pog‘onada Xitoy, ikkinchida — Yaponiya joylashdi. Ushbu mamlakatlar Amerika qimmatli qog‘ozlariga tegishli ravishda 1,2 va 1,1 trillion dollar kiritgan.
Izoh (0)