Ukrainaning Xarkov viloyatida yo‘ltanlamas olomon ustiga bostirib bordi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Ukraina ichki ishlar vaziri maslahatchisi Anton Gerashchenko ma’lum qilishicha, 20 yoshli qiz boshqarib ketayotgan Lexus svetoforning qizil chirog‘idan to‘xtamay o‘tib ketgan va katta tezlikda Volkswagen Touareg avtomobili bilan to‘qnashgan. Zarbadan qizning otasiga tegishli Lexus trotuarga chiqib ketgan, u yerda esa o‘sha paytda o‘nlab piyodalar bo‘lgan. Hodisa oqibatida olti kishi halok bo‘lgan.
Izoh (0)