Mirzo Ulug‘bek tumani IIB HPB profilaktika inspektorlari sohaviy xizmat xodimlari bilan hamkorlikda Toshkent avtomobil yo‘llari institutiga o‘qishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilib, 6000 AQSh dollarini olib o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.
Mirzo Ulug‘bek tumanida 17-oktabr kuni 2014-yilning oktabr oyida 1970-yilda tug‘ilgan Toshkent viloyati Chirchiq shahri Amir Temur ko‘chasi 11-uyda yashovchi X.U va 1974-yilda tug‘ilgan muqaddam sudlangan TTZ 1—7-uyda yashovchi N.Slar TTZ 1—5-uy oldida 1972-yilda tug‘ilgan Toshkent viloyati Chirchiq shahri 1-kichik daha 43-uyda yashovchi M.Nning o‘g‘li 1992-yilda tug‘ilgan A.Ani Toshkent avtomobil yo‘llari institutiga o‘qishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilib, 6 000 AQSH dollarini olib, o‘z ehtiyojiga sarflab yuborganligi aniqlanib, ushlandi
Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIB tomonidan fuqarolar X.U va N.Slarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)