Prezident Shavkat Mirziyoyev 16-oktabr kuni O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan kelgan Checheniston rahbari Ramzan Qodirovni qabul qildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Suhbat davomida Ramzan Qodirov O‘zbekiston va Checheniston o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli va ko‘p qirrali aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlashda faol ishtirok etishga tayyor ekanini ta’kidladi.
Avvalroq O‘zbekiston va Checheniston o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilingani haqida xabar berilgan.
Xususan, muloqot davomida o‘zaro savdo hajmi va nomenklaturasini kengaytirish, iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarda qo‘shma dastur va loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.O‘z navbatida, Ramzan Qodirov uning O‘zbekistonga tashrifini tashkil qilgani uchun Prezident Shavkat Mirziyoyevga chuqur minnatdorlik bildirgan.
Izoh (0)