Checheniston rahbari O‘zbekiston Prezidentiga samimiy qabul hamda otasi Ahmad hoji Qodirov tahsil olgan islom sivilizatsiyasining tarixiy markazlarini ziyorat qilish maqsadida O‘zbekistonga tashrifini tashkil qilgani uchun chuqur minnatdorlik bildirdi.
Shuningdek, u ko‘p millatli o‘zbek xalqiga chuqur ehtiromini bildirib, Prezident Shavkat Mirziyoyevning millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash, islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini targ‘ib qilish borasida olib borayotgan siyosati va xalqaro tashabbuslariga yuksak baho berdi.Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Checheniston rahbari Ramzan Qodirovni qabul qildi








