Xitoydagi yakka tartibda imorat qurish bilan shug‘ullanadigan yirik kompaniyalardan biri China Evergrande Group’ning rahbari Syuy Szyain mamlakatdagi eng badavlat fuqaro sifatida qayd etildi. Bu haqda Xujun tadqiqot tashkiloti tomonidan e’lon qilingan Xitoyning eng badavlat kishilari reytingi ma’lumotlariga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Uning daromadi 43 milliard dollarni tashkil etadi.
Reytingning ikkinchi o‘rnidan Tencent telekommunikatsion kompaniyasi rahbari Poni Ma o‘rin egallagan. Maning daromadi o‘tgan yilgiga nisbatan 52 foizga ko‘proq ya’ni 37 milliard dollarni tashkil etadi.
Xitoydagi yirik internet-kompaniyasi Alibaba Group asoschisi Jek Ma esa reytingning uchinchi o‘rnini egalladi. Joriy yilda uning daromadi ikki foizga qisqardi.
Xujun tadqiqot tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoy hududida hozirgi kunda 647 nafar milliarderlar istiqomat qiladi. Bu esa o‘tgan yilgi ko‘rsatkichga 53 kishi qo‘shilganini anglatadi.
Izoh (0)